Xona kitobi
Turar joy bron qilish

captcha
Kontaktlaringizni ko'rsating

Yangi Reikartz Namangan mehmonxonasining ochilish

Xonalarni bron qilish uchun Telegram boti!

Biz booking saytidagi narxni 10% ga pasaytiramiz

O'zbekiston bo'ylab Reikartz mehmonxonalarida kesh


Maxfiylik siyosati

"REIKARTZ U" MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATINING MAXFIYLIK TO’G’RISIDAGI NIZOMI

Oxirgi yangilanishi: 1 aprel 2018 yil

“REIKARTZ U” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ushbu Maxfiylik to’g’risidagi nizomi (keyingi o’rinlarda “Nizom” deb yuritiladi) “REIKARTZ U” MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI (keyingi o’rinlarda “REIKARTZ U” MChJ deb yuritiladi) va Reikartz Grup Otel soyabonsimon brendi ostida birlashgan barcha mehmonxonalarga nisbatan qo’llaniladi (keyingi o’rinlarda birgalikda "Reikartz Grup Otel", "biz" yoki "bizni" deb yuritiladi). "Reikartz Grup Otel" soyabonsimon brendi ostidagi mehmonxonalarning mehmonlari butun dunyoda eng yuqori sifatga ega xizmatlar, mahsulotlar va yashash sharoitlari bilan ta’minlanadi. Biz sizning biznesingizga katta hurmat bilan qaraymiz va sizning ishonchingizni qadrlaymiz. Biz maxfiylik juda muhim ekanligini tushunamiz. Shu sababli, biz og’zaki yoki yozma ravishda olingan, yoki ushbu saytga, mehmonxonalarimizga tashrif buyurganingizda olingan yoki boshqa manbalardan olingan shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalarimizni tushuntirish uchun ushbu Nizomni ishlab chiqdik. Ushbu Nizomda butun dunyodagi "Reikartz Grup Otel" soyabonsimon brendi ostidagi mehmonxonalar amaliyoti umumlashtirilgan boʻlsa-da, mahalliy qonunlar oʻzgarib turadi va baʼzi qonunchiliklarda maʼlumotlarni qayta ishlash bo’yicha faoliyatimizga cheklovlar qoʻyilishi mumkin (masalan, ayrim mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq, marketingga oid xabarlarni olish uchun to’g’ridan-to’g’ri rozilik bildirish talab qilinadi). Shu sababli, ushbu qonunchilik hujjatida berilgan amaldagi qoidalarimizning mahalliy talablarga muvofiqligini ta’minlash uchun mazkur Nizomda tasniflangan qoidalarga qaraganda ancha cheklangan bo’lishi mumkin. Agar siz Yevropa iqtisodiy hududining (EEA) rezidenti bo’lsangiz, shaxsiy ma’lumotlaringizning "REIKARTZ U" MChJ tomonidan ishlatilishi haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu Nizomning 1-ilovasi bilan tanishib chiqing.

Mahsulotimlariz yoki xizmatlarimizning xohlagan biridan foydalanish va/yoki ushbu Nizomga rozilik bildirish orqali siz ushbu Nizomda keltirilgan ma’lumotlarga muvofiq shaxsiy ma’lumotlarni to’plash va ulardan foydalanishni tushunib qabul qilasiz.
Ushbu Nizom uchinchi tomon kompaniyalari va xizmat ko’rsatuvchi provayderlar, shuningdek, sayohatlarni tashkil qilish bo’yicha kompleks xizmatlarni taklif qiluvchi kompaniyalar, marketing hamkorlari yoki korporativ mijozlar nomidan yoki ularning topshirig’i bo’yicha shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga taalluqli emasligiga e’tibor qarating.

"Reikartz Grup Otel" soyabonsimon brendi portfoliosiga kiritilgan mehmonxonalar, bu siz https://reikartz.com va https://reikartz.uz havolalari orqali o’tib tanishishingiz mumkin bo’lgan mehmonxonalar hisoblanadi.

"REIKARTZ U" MChJ tomonidan to’planadigan shaxsiy ma’lumotlar

"REIKARTZ U" MChJ biznesni yuritish jarayonida mehmonlar va boshqa aloqada bo'lgan shaxslar bilan muloqot qilishda, shuningdek dasturlardan foydalanishda shaxsiy ma'lumotlarni to'playdi. Bunday shaxsiy ma’lumotlar quyidagilarni: ismingiz/familiyangiz, pochta manzilingiz, to’lov varaqasida ko’rsatilgan manzilingiz, elektron pochta manzilingiz, telefon raqamingiz, mehmonxonada xona bron qilish, yashash yoki unga tashrif buyurish haqida ma’lumot; sodiqlik dasturida ishtirok etish to’g’risidagi ma’lumotlar; tanlovlar, lotereyalar yoki marketing dasturlarida ishtirok etish to’g’risidagi ma’lumotlar (hatto siz bizning mehmonxonalarimizdan birida yashamagan bo’lsangiz ham); sotib olingan mahsulotlar yoki xizmatlarning tafsilotlari; shaxsiy ma’lumotlar: fuqarolik, daromad miqdori, pasport raqami, pasport berilgan joy va sana; safarlar haqida ma’lumot; to’lov kartangiz raqami va undagi boshqa ma’lumotlar kabi to’lovlar haqida ma’lumot, shuningdek, autentifikatsiya ma’lumotlari va mobil hisoblar bilan bog’liq boshqa hisob va qayd yozuvlari ma’lumotlari; xona tanlashda sizning xoxish-istaklaringiz haqida ma’lumot; siz olishni xoxlaydigan marketing ma’lumotlarining ko’lami haqida ma’lumot, mehmonxonalarimizga minib kelishingiz mumkin bo’lgan avtomobillaringiz haqida ma’lumot; brendlarimiz yoki mehmonxonalarimiz haqidagi sharhlar va fikrlar (agar ular aniq yoki siz bilan bog’liq bo’lsa); mehmonxonani bron qilishni o’z ichiga oladigan buyurtma qilingan xizmatlar paketlari; mehmonxonalarda yashash paytida siz bilan bog’liq bo’lgan guruhlar; sodiqlik dasturida ishtirok etganligingiz munosabati bilan taqdim etilgan ma’lumotlar; siz tomoningizdan taqdim etilgan yoki siz haqingizda biz tomonimizdan olingan boshqa turdagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi mumkin.
"REIKARTZ U" MChJ turistik guruhlar, shu jumladan dastur ishtirokchilarining ismlari va raqamlari haqida ma’lumot so’rashi mumkin. Biz, shuningdek, suhbatlar, jumladan, qo’ng’iroqlarni yozib olish yoki kuzatish, sifat nazorati va o’qitish maqsadida mijozlarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq boshqa aloqa turlari orqali olingan xabarlar (masalan: ilovalar yoki SMS xabarlar orqali olingan xabarlar) bilan bog’liq ma’lumotlarni to’plashimiz mumkin. Bundan tashqari, quyida "REIKARTZ U" MChJ uchun qo’shimcha shaxsiy ma’lumotlar zarur bo’lgan holatlar sanab o’tilgan.

  • "Reikartz Club", "Reikartz Priority Guest", "Reikartz Corporate Guest" va "Reikartz Business" sodiqlik dasturlarida ishtirok etish.
  • Biz doimiy mehmonlarimiz va korporativ mijozlarimiz uchun maxsus ravishda, hatto eng talabchan mehmonlarning ham ehtiyojlarini qondira oladigan 4 ta sodiqlik dasturini ishlab chiqdik: "Reikartz Club", "Reikartz Priority Guest", "Reikartz Corporate Guest" va "Reikartz Business". Har bir sodiqlik dasturi nafaqat bizning tarmog’imiz mehmonxonalarini dam olish joyi sifatida tanlagan sayyohlar uchun, balki ro’yxatdan o’tish tezligi va foydalanish qulayligini qadrlaydigan korporativ mijozlar uchun ham alohida shartlar va maksimal imtiyozlarni taklif etadi. Siz sodiqlik dasturlarida ishtirok etgan holatda, "REIKARTZ U" MChJ sodiqlik dasturlarida ishtirok etish uchun ma’lumotlarni to’plashni amalga oshiradi: ismingiz, jinsingiz, shaxsiy va ishxonangiz telefon raqamingiz haqidagi ma’lumotlaringiz, lavozimingiz, tug’ilgan sanangiz, siz yashaydigan mamlakatingiz va shahringiz, korxona nomi; sodiqlik dasturlari bo’yicha qayd qilingan yozuvlar va ro’yxatdan o’tish ma’lumotlari; sizning marketing bo’yicha xoxish-istaklaringiz, so’rovlar, lotereyalar, tanlovlar yoki veb-saytlarimiz yoki ilovalarimizdagi reklama takliflari bilan bog’liq holda siz taqdim etgan ma’lumotlar, fikr-mulohazalar yoki kontent, shuningdek, uchinchi shaxslar haqidagi shu turdagi ma’lumotlar; mehmonxonada yashaganingizda yoki jamoat joylaridagi video kuzatuv tizimlari, Internet tizimlari (shu jumladan, kompyuteringiz yoki mobil qurilmangiz yoki joylashuvingiz haqidagi ma’lumotlarni to’playdigan simsiz tarmoqlar), kalit kartalar va boshqa tizimlar va xavfsizlikni ta’minlaydigan boshqa texnologiyalar orqali to’plangan ma’lumotlar; veb-saytdan foydalanish paytida to’plangan ma’lumotlar; korporativ mijozlar va xizmat ko’rsatuvchi provayderlar xodimlari, shuningdek, biz biznes yuritadigan boshqa shaxslar haqidagi aloqa o’rnatish uchun ma’lumotlar va boshqa tegishli ma’lumotlar.
  • So’rovlar So’rovlar paytida "REIKARTZ U" MChJ-ga demografik ma’lumotlar yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlar talab qilinishi mumkin.
  • Mehmonxonada ma’lumot to’plash. Ba’zan, mahalliy qonunchilik talablariga muvofiq, "REIKARTZ U" MChJ mehmonxonada ro’yxatdan o’tish va joylashish paytida sizdan qo’shimcha shaxsiy ma’lumotlarni so’rashga majbur bo’ladi. Mehmonxonalarda biz jamoat joylarida mehmonlar va tashrif buyuruvchilarning tasvirlarini olish va saqlashga imkon beradigan xavfsizlik video kuzatuv tizimi va boshqa xavfsizlik choralaridan, shuningdek, mehmonxonalarimizdagi joylashuvingiz bilan bog’liq (kalit kartalar va boshqa qurilmalar orqali) ma’lumotlardan foydalanishimiz mumkin. Shuningdek, biz qonun tomonidan ruxsat etilgan hollarda xodimlarimiz, mehmonlarimiz va mehmonxonalarimizga tashrif buyuruvchilarni himoya qilish uchun ovoz yoki video yozib oladigan xavfsizlik video kuzatuv tizimi va boshqa texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin. Bundan tashqari, mehmonxonada bir qator xizmatlarni ko’rsatish uchun bizga qo’shimcha ma’lumot kerak bo’lishi mumkin: SPA markaziga tashriflar, tadbirlarni tashkil etish.
  • Tadbirlar profillari. Tadbirni rejalashtirish paytida "REIKARTZ U" MChJ tadbir yoki uchrashuv haqidagi ma’lumotlarni, sana, mehmonlar soni, xonalarning tasnifini ro’yxatga oladi. Korporativ tadbirlarni o’tkazish paytida bizga tashkilot haqida ma’lumot kerak bo’ladi: nomi, yillik byudjeti, bir yilda moliyalashtirilgan tadbirlar soni. Shuningdek, biz sizning guruhingiz a’zolari bo’lgan yoki tadbirda qatnashadigan mehmonlar haqida ma’lumot to’playmiz. Agar siz bizga guruh aʼzosi sifatida tashrif buyurgan boʻlsangiz, biz guruh tomonidan taqdim etilgan shaxsiy maʼlumotlaringizga egalik qilishimiz mumkin va qonun bilan ruxsat etilgan hollarda, sizning ixtiyoringiz boʻyicha guruhda qolish yoki tadbirda ishtirok etish natijalariga koʻra siz bilan bogʻlanishimiz mumkin. Agar siz tadbir doirasida bizga tashrif buyursangiz, siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlarni qonun tomonidan ruxsat etilgan hollarda tadbir tashkilotchilariga taqdim etishimiz mumkin. Agar siz tadbir uyushtirayotgan bo’lsangiz, qonun bilan ruxsat etilgan hollarda, tadbiringiz haqidagi ma’lumotlarni tadbir uchun xizmatlarni taklif qilishi mumkin bo’lgan uchinchi tomon xizmat ko’rsatuvchi provayderlar bilan ham almashishimiz mumkin.
  • Ijtimoiy tarmoqlar. Agar siz “REIKARTZ U” MChJ tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda o’tkaziladigan tadbirlar va aksiyalarda ishtirok etishni istasangiz, bizga ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy akkauntingizdan ma’lum ma’lumotlar: joylashuv o’rningiz, mehmonxonalarda ro’yxatdan o’tganligingiz, tadbirlarda ishtirok etganligingiz, qiziqishlaringiz, fotosuratlaringiz, statusdagi o’zgarishlar va do’stlaringiz ro’yxati kerak bo’lishi mumkin. "REIKARTZ U" MChJ sizga masalan, siz ovoz berish, namoyish qilish yoki boshqa reklama aksiyalarida ishtirok etish uchun ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishingiz mumkin bo’lgan, bizning mehmonxonada to’xtaganingizda olingan suratlarni taqdim etish orqali tanlovlarda ishtirok etishingizga ruxsat berishi mumkin.

"REIKARTZ U" MChJ bevosita sizdan oladigan ma’lumotlarga qo’shimcha ravishda, biz siz taqdim etgan ma’lumotlar yoki biz to’plagan boshqa ma’lumotlar asosida siz haqingizda ma’lumot yaratishimiz mumkin. 

2. "REIKARTZ U" MChJ tomonidan uchinchi tomon kompaniyalaridan olinadigan shaxsiy ma’lumotlar
"REIKARTZ U" MChJ shuningdek, uchinchi shaxslardan, shu jumladan sayyohlik operatorlari va sayyohlik agentliklari kompaniyalari, toʻlov kartalariga xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalar va boshqa hamkorlar, ijtimoiy tarmoqlardan, ushbu xizmatlarga nisbatan sozlamalaringizga muvofiq qonun bo’yicha bizga siz haqingizda ma’lumot berishi mumkin bo’lgan uchinchi tomon manbalaridan siz haqingizda maʼlumot olishi mumkin.  "REIKARTZ U" MChJ ushbu Nizomda ko’rsatilgan maqsadlar bilan birga ushbu ma’lumotlardan foydalanishi va ularni taqdim etishi (shuningdek, siz haqingizda mavjud bo’lgan boshqa ma’lumotlar bilan birlashtirishi) mumkin.

3. "REIKARTZ U" MChJ tomonidan siz taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish

"REIKARTZ U" MChJ turli yo’llar orqali, shu jumladan, siz so’ragan va bizdan kutayotgan xizmatlarni taqdim etish va shaxsiylashtirish, sizning xonangizda va tarmog’imizning barcha mehmonxonalarida siz kutgan eng yuqori darajadagi xizmatni taklif qilish, sodiqlik dasturlarini, quyida keltirilgan batafsil tasnifga muvofiq to’g’ridan-to’g’ri marketing va sotish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanadi. Maʼlumotlaringizni qayta ishlashdan oldin, bu amaldagi qonunchilik tomonidan talab qilingan hollarda, sizning roziligingizni olamiz.

"REIKARTZ U" MChJ xona uchun buyurtmangizni qayta ishlashi uchun muayyan maʼlumotlarni, jumladan ismingiz/familiyangiz, manzilingiz, to’lov qilish maʼlumotlari, baʼzi mamlakatlarda esa sayohat hujjatlari to’g’risidagi maʼlumotlarni toʻplashiga to’g’ri keladi. Siz kerakli ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda, biz sizning buyurtmangizni rasmiylashtira olmaymiz.

  • "Reikartz Club", "Reikartz Priority Guest", "Reikartz Corporate Guest" va "Reikartz Business" sodiqlik dasturlari ishtirokchilari. Agar siz "Reikartz Club", "Reikartz Priority Guest", "Reikartz Corporate Guest" va "Reikartz Business" sodiqlik dasturlari ishtirokchisi bo’lsangiz, "REIKARTZ U" MChJning turli xizmatlariga yangiliklar, reklama va biznes materiallarini uzatish bo’yicha xizmatlarimiz orqali individual yondashuvni ta’minlash maqsadida "REIKARTZ U" MChJ sodiqlik dasturlarini identifikatsiya qilish va ularni boshqarish uchun, shunungdek, sizga internet, elektron pochta, mobil qurilmalar va ommaviy axborot vositalari reklamasi orqali uzatiladigan reklama va kontentni shaxsiylashtirish uchun, shuningdek, aloqa o’rnatish usuli bo’yicha sizning xohish-istagingizga muvofiq bizning veb-saytimiz, ilovalarimiz va mijozlarni qo’llab-quvvatlash xizmatimiz orqali ma’lumotlaringizdan foydalanadi. 

Siz sodiqlik dasturlarida ishtirok etgan taqdirda, "REIKARTZ U" MChJ shuningdek, maʼlumotlaringizdan quyidagi maqsadlarda foydalanadi:
- "Reikartz Grup Otel" soyabonsimon brendi portfoliosiga kiritilgan mehmonxonalarda xona buyurtirish va sizni unda joylashtirish paytida karta mahsulotlarining faollashtirilishi va ularning  shaxsiylashtirilgan holda ishlashi, hamda sodiqlik dasturlari shartlarini qo’llashni ta’minlash;
- yanada ko’proq shaxsiylashtirilgan xizmat ko’rsatishni ta’minlash, shu jumladan sizga uchinchi shaxslardan ma’lumot va xizmatlarni taqdim etish (masalan, mehmonxonalardagi qo’shimcha xizmatlar, mahalliy diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish va transferlarni tashkil etish va amalga oshirish imkoniyati);
- mijozlarga xizmat ko’rsatishning eng yuqori sifatini ta’minlash maqsadida sizning xizmat ko’rsatish sifatidan qoniqish darajangizni aniqlash uchun bozor tadqiqotlari, so’rovlar o’tkazish;
- maqsadli marketingni amalga oshirish va reklama kampaniyalarini tashkil etish;
- ma’lumot va xizmatlar, shu jumladan uchinchi shaxslar (masalan, restoranlar yoki transport kompaniyalari) xizmatlarini taqdim etish haqidagi talablarga javob berish;
- mehmonxonada sizning xavfsizligingiz va himoyalanishingizni, shuningdek, mehmonxona xodimlari va boshqa mehmonlarning xavfsizligi va himoyalanishini ta’minlash;
- umumiy hujjatlarni yuritish;
- qonunchilik hujjatlari talablari va ularga muvofiq qabul qilingan qoidalarga rioya etilishi va muvofiqligini ta’minlash;
- yangi mahsulot va xizmatlarni sinab ko’rish, baholash va joriy etish imkoniyatini ta’minlash.

  • Xizmatlarning ma’muriyat tomonidan boshqarilishi. "REIKARTZ U" MChJ sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan siz ishtirok etayotgan dasturlarni ma’muriy boshqarish, jumladan, sizning hisob akkauntingiz haqidagi ma’lumotlarga, masalan, bonus balansi va sizning haqqingiz bo’lgan takliflarga kirishni ta’minlaydi; bunday dasturning bir qismi bo’lgan xizmatlarni bajarish; "Reikartz Grup Otel" soyabonsimon brendi ostida birlashgan mehmonxonalar va "Reikartz Grup Otel" soyabonsimon brendi ostida birlashgan mehmonxonalar va siz o’rtangizda to’g’ridan-to’g’ri aloqani o’rnatish; va ma’lumotlarni yig’ish jarayonini soddalashtirish uchun foydalanadi.
  • Ish yuzasidan uchrashuvlar va tadbirlarni tashkil etish. "REIKARTZ U" MChJ sizga rejalashtirilgan uchrashuvlar va tadbirlar haqida ma’lumot berish uchun shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.
  • Marketing va kommunikatsiyalar. Ruxsat etilgan hollarda, "REIKARTZ U" MChJ sizga axborot byulletenlariga obuna bo’lish, reklama aktsiyalari va maxsus takliflar, shuningdek, sizning aloqa o’rnatish usuliga nisbatan xohosh-stagingizga muvofiq boshqa reklama xabarlarini taqdim etish yoki taklif qilish uchun sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishi mumkin. Siz mehmonxonada yashayotgan paytingizda biz sizga hisob balansi haqida ogohlantirishlar, xona buyurtmasini tasdiqlash xabarlarini yuborishimiz, reklama xabarlarini yuborish, hamda soʻrovnomalar, lotereyalar, sovrinli oʻyinlar va boshqa tanlovlarni oʻtkazish uchun sizning maʼlumotlaringizdan foydalanamiz.  Biz ushbu xabarlarni elektron pochta, oddiy pochta, internet-reklama orqali, ijtimoiy axborot vositalari, telefon orqali, matnli xabarlar (shu jumladan, SMS va MMS) ko’rinishida, push-bildirishnomalar, ilova ichidagi xabarlar va boshqa vositalar orqali (jumladan, mehmonxonada xabarlar yuborish, masalan, xonangizdagi televizion tizimdan foydalanish orqali) jo’natishimiz mumkin.   Sizning roziligingiz bilan biz ommaviy axborot reklamasi jo’natish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontentdan (masalan, fotosuratlar), shuningdek, veb-sayt va ilovalarimizda ham foydalanamiz. Shuningdek, biz ehtimol shaxsiy ma’lumotlaringizga biriktirilgan va biz yoki biznes hamkorlarimiz tomonidan kartangizning turini aniqlash uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan to’lov kartangiz haqidagi ma’lumotlarni to’plashimiz mumkin. Shuningdek, saytimizga tashrif buyuruvchi oʻz toʻlov kartasi bilan bogʻliq toʻlovni qaytarish taklifidan foydalandimi yoki yoʻqligini aniqlash va tashrif buyuruvchilarga "Reikartz Grup Otel" brendi portfoliosidagi mehmonxonada qolish vaqtida ushbu taklifdan qanday foydalanishni tushuntiruvchi reklama va maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida uchinchi shaxslar bilan hamkorlik qilishimiz mumkin.
  • Xizmatlar sifatini oshirish. "REIKARTZ U" MChJ bizning veb-saytimiz, mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz sizda qiziqish uyg’otishi uchun xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan  foydalanishi mumkin. Shuningdek, biz xonangizda va tarmog’imizdagi barcha mehmonxonalarimizda siz kutgan xizmat darajasini ta’minlash maqsadida shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanamiz.
  • Ma’lumotlarning to’g’riligi, tahlili va shaxsiylashtirish. Ma’lumotlarni tizimlashtirish va tahlil qilish maqsadida "REIKARTZ U" MChJ sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi tomon manbalari ma’lumotlari bilan birlashtirishi mumkin. Biz, shuningdek, har bir mehmonga shaxsiy yondashuv bilan yuqori darajadagi xizmat ko’rsatish maqsadida uchinchi tomon manbalaridan olingan ma’lumotlardan foydalanamiz. Masalan, agar siz ijtimoiy axborot vositalari xizmatlari yoki boshqa akkauntlarni bizning xizmatlarimizga ulagan bo’lsangiz, biz ushbu ma’lumotlardan sizni iliq kutib olish va shaxsiy e’tibor bilan ta’minlash yoki uchinchi tomon kompaniyalariga taqdim qilish uchun foydalanishimiz mumkin va undan ushbu Nizomning istalgan bandiga muvofiq foydalanishimiz mumkin. 

4. "REIKARTZ U" MChJ uchinchi shaxslarga taqdim etadigan shaxsiy ma’lumotlar

Sizga siz kutganday eng yuqori darajadagi xizmatni taklif qilish uchun "REIKARTZ U" MChJ shaxsiy ma’lumotlaringizni quyida keltirilgan tushuntirishga muvofiq "Reikartz Grup Otel" soyabonsimon brendi ostida birlashgan mehmonxonalar, bizning xizmat ko’rsatuvchi provayderlarimiz, uchinchi tomon kompaniyalari va boshqa uchinchi shaxslarga taqdim etishi mumkin:

  • "Reikartz Grup Otel" soyabonsimon brendi ostida birlashgan mehmonxonalar, shu jumladan boshqariladigan mehmonxonalar. "REIKARTZ U" MChJ Reikartz Grup Otel soyabonsimon brendi ostida birlashgan mehmonxonalarga, shuningdek, bizning nazoratimiz ostidagi mehmonxonalar egalariga ular shaxsiy ma’lumotlardan sizga alohida yoki birhalikda xizmatlar ko’rsata olishi, xizmat ko’rsatish paytida individual yondasha olishi va yuqorida tavsiflangan maqsadlar uchun shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin. Bundan tashqari, biz mehmonxonani nazorat qilishni to’xtatganimizda, uning egasiga ushbu mehmonxonaning o’tmishdagi va kelajakdagi mehmonlari haqida muayyan ma’lumotlarni taqdim etamiz.
  • Guruh bo’lib o’tkaziladigan tadbirlar yoki uchrashuvlar. Agar siz guruh bo’lib o’tkaziladigan tadbir yoki uchrashuv doirasida Reikartz Grup Otel brendi ostida birlashgan mehmonxonalardan birida qolayotgan bo’lsangiz, uchrashuv yoki tadbirni rejalashtirish uchun olingan ma’lumotlar ushbu uchrashuvlar va tadbirlar tashkilotchilariga va agar kerak bo’lsa, ushbu tadbirni tashkil etuvchi yoki unda ishtirok etayotgan mehmonlarga berilishi mumkin.
  • Ishbilarmon hamkorlarimiz "REIKARTZ U" MChJ bizning mehmonxonalarimizda qolishingizga asoslangan mahsulotlar, xizmatlar yoki takliflar bilan ta’minlash maqsadida boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik qilishi va kerak bo’lganda ma’lumotlaringizni biznes hamkorlarimiz bilan baham ko’rishi mumkin. Masalan, sizga boshqa qo’shimcha xizmatlarni taqdim etish uchun hamkorlar bilan kelishib olishimiz mumkin. Ushbu xizmatlar taqdim etilishi uchun biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni hamkorlarimizga yetkazishimiz kerak. Agar siz "Reikartz Club", "Reikartz Priority Guest", "Reikartz Corporate Guest" va "Reikartz Business" sodiqlik dasturlari ishtirokchisi bo’lsangiz, sizning dasturlarda ishtirok etishingiz tufayli olingan chegirmalar, bonuslar va boshqa imtiyozlarni sizga bera olishlari uchun biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni hsmkorlarimizga taqdim etishimiz mumkin. Shuningdek, biz sayohat qoidalariga rioya qilishni baholashga ularga yordam berish yoki maxsus tarif rejalaridan foydalanish yoki sayohat hamkorlarimiz bilan birgalikda marketing tadbirlarida qatnashish imkonini berish maqsadida sayohat bo’yicha hamkorlarimizga sizning elektron pochta manzilingiz kabi shaxsiy ma’lumotlaringizni berishimiz mumkin. "REIKARTZ U" MChJ reklamani bizning umumiy mijozlarimizga yetkazish imkoniyati bilan ta’minlash uchun bizning hamkorimiz sanaladigan sayyohlik operatorlari, sayyohlik agentliklari va to’lov kartalari provayderlari kabi uchinchi tomon tashkilotlari bilan ham hamkorlik qilishishimiz mumkin.  Bizning hamkorlarimiz mehmonxonalarimizda qolishingiz haqidagi maʼlumotlarga asoslanib, sizga yanada ko’proq mos keladigan takliflarni taqdim etish imkoniyatiga ega bo’lishlari mumkin. Bundan tashqari, biz uchinchi tomon hamkorlarimizga ular sizga yanada ko’proq mos keladigan takliflarni taqdim eta olishlari uchun ushbu hamkorning veb-saytiga tashrif buyurganingizda yoki  ilovasidan foydalanganingizda sizni tanib olishlariga yoki saytlarga tashrif buyurganingizda sizni o’z mijozlaridan biri sifatida tan olishlariga ruxsat berishimiz mumkin. Biz sizning xeshlangan elektron pochta manzilingizni amaldagi xavfsizlik choralaridan foydalangan holda uchinchi tomon kompaniyalariga uni o’zlarining xeshlangan elektron pochta manzillari bilan bog’lay olishlari va internet va elektron pochta orqali sizga bizning nomimizdan reklama yubora olishlari uchun berishimiz mumkin.
  • Reklama aksiyalari tashkilotchi-hamkorlari. ‘REIKARTZ U" MChJ boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda reklama aksiyalari, o’yinlar, lotereyalar, musobaqalar yoki tanlovlar o’tkazishi, shuningdek, boshqa kompaniyalar tomonidan o’tkaziladigan lotereyalar va tanlovlar uchun sovrinlar yetkazib berishi mumkin. Agar siz o’yin yoki tanlovlardan birida qatnashayotgan bo’lsangiz, biz sizning maʼlumotlaringizni tadbir o’tkazadigan hamkorlarimiz yoki uchinchi tomon homiylariga berishimiz mumkin.
  • Mehmonxonalardagi xizmatlar. "REIKARTZ U" MChJ mehmonxona hududida xizmatlarni, jumladan SPA muolajalari, konferentsiya xizmatlari, ovqatlanish xizmatlari va boshqa tegishli xizmatlarni ko’rsatuvchi uchinchi tomon provayderlariga shaxsiy ma’lumotlarni berishi mumkin.
  • Xizmat ko’rsatuvchi provayderlar. "REIKARTZ U" MChJ uchinchi tomon kompaniyalariga bizning nomimizdan xizmatlar ko’rsatish va mahsulotlar yetkazib berishni ishonib topshiradi va vaziyatga qarab shaxsiy ma’lumotlaringizni ular bilan baham ko’rishi mumkin. Qoidaga ko’ra, bizning xizmat ko’rsatuvchi provayderlarimiz shartnomaga ko’ra shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishlari shart va qonun bilan talab qilinadigan hollardan tashqari, shaxsiy ma’lumotlaringizdan boshqacha tarzda foydalana olmaydi yoki birovga taqdim etolmaydi. Biroq, firibgarlikni aniqlash bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi provayderlarimiz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan firibgarlikni aniqlash maqsadida foydalanishi mumkin, lekin birovga taqdim etolmaydi. "REIKARTZ U" MChJ shuningdek, sizning xohish-istaklaringiz va amaldagi qonunchilikka muvofiq,  yangiliklarni yetkazish va bizning nomimizdan reklama va biznes materiallarini, shu jumladan Internetdagi shaxsiylashtirilgan reklama va mobil qurilmalar uchun ilovalarni sizga yetkazib berish uchun xizmat ko’rsatuvchi provayderlarni jalb qilishi mumkin. Biz faqat shunday reklamani rad etish imkoniyatini taqdim etadigan kompaniyalar bilan hamkorlik qilamiz. Shuningdek, biz sizning xohish-istaklaringiz va uchinchi tomon kompaniyalari maʼlumotlariga tayangan holda biz shaxsan siz uchun tayyorlagan roʻyxatlardan saytlar, tadbirlar va restoranlarni tanlash orqali sizga marshrutlarni loyihalash imkonini berish uchun xizmat koʻrsatuvchi provayderlar bilan maʼlumot almashishimiz mumkin.
  • Tijorat bitimlari. Biznes rivojlanishi sayin "REIKARTZ U" MChJ korxonalar yoki aktivlarni sotishi yoki sotib olishi yoki hozirda bizning brendlar portfoliomizga kiritilgan mehmonxona boshqaruvini to’xtatishi mumkin. Ushbu vaziyatni hisobga olgan holda, kompaniyamiz to’plangan ma’lumotlarni, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, Umumiy tasnifga ega (bunday keyin Nizomda batafsil tasniflangan) ma’lumotni va shaxsiy ma’lumotlarni ushbu tijorat operatsiyalari doirasida bir yoki bir nechta sho’ba yoki mustaqil uchinchi tomon kompaniyalariga topshirishi, sotishi yoki in’om qilishi mumkin.  Mahalliy qonunchilik talablariga muvofiq, biz shaxsiy ma’lumotlarni shu maqsadda uchinchi shaxslarga topshirish niyatimiz borligi haqida xabar yuboramiz va uning topshirilishini qanday qilib rad etishingiz mumkinligini tushuntiramiz.
  • Qo’shimcha qilish. Bundan tashqari, "REIKARTZ U" MChJ shaxsiy ma’lumotlarni quyidagi hollarda oshkor qilishi mumkin: (i) amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq; (ii) davlat organlarining talabnomalariga javoban; (iii) sud jarayoni talab qilganda; (iv) "REIKARTZ U" MChJ, veb-saytga tashrif buyuruvchilar, mehmonlar, xodimlar yoki jamoatchilikning huquqlari, maxfiyligi, xavfsizligi yoki mulkini himoya qilish sifatida; (v) o’z huquqlarini himoya qilish yoki mumkin bo’lgan zararni kamaytirish; (vi) veb-saytlarimizda ko’rsatilgan shartlar va nizomga rioya qilish uchun; (vii) favqulodda vaziyatlarda.


5. Umumiy tasnifga ega ma’lumot

Siz veb-saytlarimiz va ilovalarimizga tashrif buyurganingizda va ulardan foydalanganingizda, "REIKARTZ U" MChJ saytdan foydalanganingiz haqida sizni shaxsan identifikatsiya qilmaydigan, masalan, siz tashrif buyuradigan sayt sahifalari katalogi, shuningdek, bizning veb-saytimizga tashriflaringiz soni kabi boshqa ma’lumotlarni to’playdi ("Umumiy tasnifga ega ma’lumot"). "REIKARTZ U" MChJ umumiy tasnifga ega ma’lumotlardan, shuningdek, uchinchi tomon kompaniyalaridan olingan ma’lumotlardan sizga elektron pochta, Internet (bizning va boshqa veb-saytlarimizda) va mobil qurilmalar uchun ilovalar orqali reklamani yetkazish uchun foydalanadi. Siz hamkorlar veb-saytiga tashrif buyurganingizda yoki hamkor ilovasidan foydalanganingizda yoki saytlarga tashrif buyurganingizda yoki bizning ilovalarimizdan foydalanganingizda sizga yanada ko’proq mos keladigan takliflarni taqdim eta olishlari uchun sizni o’z mijozlaridan biri sifatida tanib olishlari uchun sizni "Reikartz Club", "Reikartz Priority Guest", "Reikartz Corporate Guest" va "Reikartz Business" sodiqlik dasturlari ishtirokchisi sifatida identifikatsiya qilishlariga imkon yaratish uchun umumiy tasnifga ega maʼlumotlardan ham foydalanishimiz mumkin.  "REIKARTZ U" MChJ bunday ma’lumotlarni to’plash uchun cookie fayllari va boshqa (masalan, "nuqtali markerlar", "veb-mayoqlar", "shaffof GIF fayllar", elektron pochta xabarlaridagi havolalar, JavaScript, Google yoki Apple tomonidan berilgan qurilma identifikatsiya raqamlari yoki boshqa shunga o’xshash texnologiyalardan) texnologiyalardan foydalanadi.  Siz, shuningdek, brauzer sozlamalarini o’zgartirish orqali istalgan vaqtda cookie-fayllarni kompyuteringizdan o’chirishingiz yoki unarni bloklashingiz mumkin (cookie-fayllarni qanday o’chirish yoki bloklash haqidagi ma’lumotni brauzeringizning "Spravka" menyusidan topishingiz mumkin). "REIKARTZ U" MChJ brauzeringiz sozlamalari uchun javobgar emas. Turli turdagi veb-brauzerlar uchun cookie-fayllarni boshqarish bo’yicha oddiy va tushunarli ko’rsatmalarni www.allaboutcookies.org saytida topishingiz mumkin. Yevropa iqtisodiy hududi va Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi shaxslar uchun eslatma: Agar siz Yevropa hududida boʻlsangiz, "Cookie Settings" ("Cookie fayllari sozlamalari") boʻlimida "Cookie Consent Manager"dan ("Cookie fayllarini boshqarish menedjeri") foydalangan holda cookie-fayllarga niabatan xohish-istaklaringizni ham sozlashingiz mumkin bo’lib, uni bu yerda topishingiz mumkin: "Cookie Preferences" ("Cookie fayllari parametrlari").

"REIKARTZ U" MChJ yig’ilgan va to’plangan ma’lumotlardan yoki uchinchi shaxslardan olingan anonim shaxsiy ma’lumotlardan foydalanuvchilarimiz haqida aniqroq tasavvurga ega bo’lish uchun foydalanishi mumkin (masalan, biz ma’lum bir telefon kodiga ega bo’lgan  hududdagi foydalanuvchilarimiz foizini hisoblash uchun umumiy ma’lumotlardan foydalanishimiz mumkin). Bunga tugʻilgan sana, jins va oilaviy holat kabi demografik maʼlumotlar, sevimli taomlar yoki sevimli mashgʻulotlar kabi taxminiy tijorat qiziqishlari va biz sizdan yoki uchinchi shaxslardan olishimiz mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar kiradi.

Umumiy tasnifga ega ma’lumot sizning shaxsingizni aniqlashtirmasligi sababli, "REIKARTZ U" MChJ ushbu ma’lumotni qonun tomonidan ruxsat etilgan har qanday hollarda oshkor qilishi mumkin. Ba’zi hollarda biz umumiy tasnifga ega ma’lumotni shaxsiy ma’lumotlar bilan birlashtirishimiz mumkin. Umumiy tasnifga ega ma’lumotga shaxsiy ma’lumotlar qo’shilgan taqdirda, biz ushbu Nizom qoidalariga muvofiq olingan ma’lumotlarga shaxsiy ma’lumotlar sifatida yondashamiz.

6. Maxfiy ma’lumotlar
"Maxfiy ma’lumotlar" atamasi irqingiz yoki millatingiz, siyosiy qarashlaringiz, diniy yoki falsafiy e’tiqodingiz, kasaba uyushma a’zoligingiz, sog’lig’ingiz holati, jinsiy hayot va orientatsiya, genetika, jinoiy o’tmish va identifikatsiya qilishda foydalaniladigan har qanday shaxsiy biometrik ma’lumotlarga tegishli ma’lumotlarni anglatadi. Ba’zi qonunchilik hujjatlarida mobil telefon raqamlari, joylashuv ma’lumotlari va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardagi ma’lumotlar ham maxfiy ma’lumotlar hisoblanadi.
Odatda, amaldagi qonunlar yoki qoidalarga muvofiq toki siz tomondan ixtiyoriy ravishda taqdim etilmas ekan yoki bu bizdan talab qilinmasa, "REIKARTZ U" MChJ maxfiy ma’lumotlarni to’plamaydi. Biz siz tomondan taqdim etilgan sogʻliqni saqlash to’g’risidagi maʼlumotlardan ehtiyojlaringizga eng mos keladigan ancha yuqori darajadagi xizmatni taqdim qilish (masalan, nogironlar uchun xonani taqdim etish) uchun foydalanishimiz mumkin.

7. Bolalardan olingan shaxsiy ma’lumotlar

"REIKARTZ U" MChJ ataylab 18 yoshga to’lmagan shaxslar haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni toplamaydi. Agar siz ota-ona yoki vasiy bo’lsangiz, farzandlaringizga sizning ruxsatingizsiz shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishiga ruxsat bermang.

8. Mobil saytga kirish va joylashuv o’rnini hisobga olgan holda ko’rsatiladigan xizmatlar 

"REIKARTZ U" MChJ smartfon yoki mobil qurilmaga yuklab olinadigan mobil ilovalarni taklif etadi. Ushbu ilovalar turli funktsional imkoniyatlarga ega bo’lib, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshiradi. Xizmatlarni taqdim etishga qo’shimcha ravishda, bizning ilovalarimiz ushbu Nizomga muvofiq foydalaniladigan shaxsiy ma’lumotlar va Umumiy tasnifga ega ma’lumotlarni to’plashi mumkin. Agar siz mobil ilovalarimizga qurilmangizdagi joylashuv o’rningiz haqidagi maʼlumotlarga kirishiga ruxsat bersangiz, mobil ilovalarimiz sizning joylashuvingizga qarab sizga ma’lumot va takliflarni taqdim etish uchun global joylashishni aniqlash tizimi (GPS) texnologiyasidan va mobil qurilmangizdagi boshqa (“mayoqlar” sifatida mashhur simsiz uzatgichlar kabi) texnologiyalaridan foydalanishi mumkin.  "Mayoqlar" o’z diapazoni doirasida joylashgan mobil qurilmalar bilan oʻzaro aloqada boʻlish orqali bizga sizning ishtirokchi mehmonxonalardagi joylashuv o’rningiz haqida maʼlumot toʻplash imkonini beradi. Biz ushbu joylashuv o’rni haqidagi maʼlumotlardan mobil qurilmangizga xabarnomalar va boshqa maʼlumotlarni yuborish, mehmonxonalarimiz boʻylab harakatlanayotganingizda navigatsiya yordamini koʻrsatish, hamda, bizning fikrimizcha, sizni qiziqtirishi mumkin bo’lgan mahsulotlar, xizmatlar yoki harakatlar haqida sizga maʼlumot va takliflar yuborish orqali mehmonxonada xizmat ko’rsatish darajasini yaxshilash uchun foydalanishimiz mumkin.  Sizga qiziq bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar, takliflar va xizmatlarni taqdim etish uchun biz ushbu ma’lumotlarni uchinchi shaxslar, shu jumladan biznes hamkorlar va xizmat ko’rsatuvchi provayderlarga topshirishimiz mumkin.  Ilovadagi sozlamalarni o’zgartirish yoki mobil qurilmangiz sozlamalarini o’zgartirish orqali joylashuv o’rningiz haqidagi ma’lumotlarni to’plashni man etishingiz yoki cheklashingiz mumkin.

Biz ushbu barcha mobil va joylashuv o’rniga asoslangan xizmatlarni faqat mahalliy qonunlar tomonidan ruxsat etilgan darajada taklif qilamiz.

9. Uchinchi tomon kompaniyalari veb-saytlari va xizmatlariga havolalar

Bizning veb-saytimiz va mobil ilovalarimiz uchinchi tomon kompaniyalari veb-saytlariga havolalarni o’z ichiga olishi mumkin. Esda tutingki, bizning kompaniyamiz ushbu ma’lumotlarni to’plash, ishlatish va boshqarish yoki  uchinchi tomon kompaniyalari tomonidan ma’lumotlarning taqdim etilishi yoki oshkor qilinishi uchun javobgar emas. Agar siz uchinchi tomon kompaniyalari veb-saytlariga ma’lumot kiritsangiz, unga nisbatan ushbu veb-saytlarda amal qilib turgan tegishli maxfiylik siyosati va xizmat ko’rsatish shartlari qo’llaniladi. Veb-saytlarga shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritishdan oldin, ularning maxfiylik siyosati bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
"REIKARTZ U" MCHJ shuningdek, mehmonlarimiz uchun bepul Internetga kirishni ta’minlaydigan cheklangan miqdordagi Internet-provayderlar bilan hamkorlik qilishi mumkin. Mehmonxonada internetdan foydalanishingiz uchinchi tomon internet provayderining foydalanish shartlari va maxfiylik siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi. Tizimga kirish sahifasidagi havolani bosish yoki Internet provayderi veb-saytiga tashrif buyurish orqali ushbu shartlar va qoidalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

10. Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish

"REIKARTZ U" MChJ quyidagi maqsadda oqilona choralar ko’radi: (i) shaxsiy ma’lumotlarni unga ruxsatsiz kirish, oshkor qilish, o’zgartirish yoki yo’q qilishdan himoya qilish; (ii) tegishli hollarda esa, ma’lumotlarning aniqligi va o’z vaqtida yangilanishini kuzatib borish. Kompaniyamizda "REIKARTZ U" MChJ-ning xavfsizligini ta’minlash dasturini yaratish, yangilash va boshqarish uchun mas’ul bo’lgan ishonchli axborot xavfsizligi bo’yicha mutaxassislar jamoasi ishlaydi. "REIKARTZ U" MChJ-ning Global axborot xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha jamoasi boshqa ishlar qatorida, tizimlarimizni bo’lajak tajovuzlardan himoya qilish uchun ularni kuzatish, bo’lajak noxush hodisalarga javob qaytarish, mehmonxona axborot xavfsizligini ta’minlash, kompaniyamiz tomonidan ma’lumotlarni himoya qilish uchun qo’llaniladigan xavfsizlik nazoratini muntazam ravishda tahlil qilish va yangilash, shuningdek, "REIKARTZ U" MChJ-ning Global axborot xavfsizlini ta’minlash bo’yicha o’qitish uchun mas’uldir. Xavfsizlikning buzilishi bilan bog’liq hodisalar yuz bergan taqdirda, bizning kompaniyamiz amaldagi qonunlar yoki qoidalarga muvofiq tartibga soluvchi organlarni va/yoki mijozlarni xabardor qiladi.
"REIKARTZ U" MChJ shuningdek, bizning hamkorlarimiz va xizmat ko’rsatuvchi provayderlarimizdan olingan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash uchun qo’lidan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solishlarini talab qiladi. Internetda tranzaktsiyalarni amalga oshirish paytida biz veb-saytimizda taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarni texnik jihatdan himoya qilish uchun yetarli vositalardan foydalanamiz.  Afsuski, Internet orqali ma’lumotlarni uzatish uchun mutlaqo ishonchli xavfsizlik tizimi yoki ma’lumotlarni uzatish tizimi mavjud emas.
Maxfiyligingizni himoya qilish uchun bizga toʻlov kartasi raqamlarini yoki boshqa maxfiy shaxsiy maʼlumotlarni elektron pochta orqali yubormang.

11. Shaxsiy ma’lumotlarni chet elga yuborish

"Reikartz Grup Otel" soyabonsimon brendi portfoliosiga kiritilgan mehmonxonalar dunyoning ko’plab mamlakatlarida joylashgan bo’lib, har bir mehmonxonada sizga teng ravishdagi yuqori darajali xizmat taklif etiladi. Shu maqsadda sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni "Reikartz Grup Otel" soyabonsimon brendi portfoliosiga kiradigan boshqa a’zolar, "REIKARTZ U" MChJ boshqaruvi ostidagi mehmonxonalar yoki chet eldagi xizmat ko’rsatuvchi provayderlarga berishimiz mumkinligini tasdiqlaysiz. Mehmonxona, amaldagi qonunlar yoki qoidalarga muvofiq shaxsiy ma’lumotlaringizning nusxasini ham o’zida saqlab qolishi mumkin.  Turli mamlakatlardagi shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo’yicha qonunlar sizning mamlakatingizdagidek mukammal bo’lmasa-da, bizning kompaniyamiz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga ushbu Nizom qoidalari va qonun talablariga muvofiq muomala qilinishini ta’minlash uchun tegishli choralarni ko’radi. 

12. Shaxsiy ma’lumotlarni o’zgartirish va ularga kirish

Amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, "REIKARTZ U" MChJ sizga o’zingiz haqingizda saqlanayotgan ma’lumotlar to’g’risida ma’lumot berishi mumkin va hatto zarur hollarda, ma’lumotlaringizni qayta ishlashning ayrim turlariga roziligingizni qaytarib olishingiz va/yoki o’zgartirishingiz, tuzatishingiz, o’chirishni va/yoki ularni qayta ishlashni to’xtatib qo’yishni so’rashingiz mumkin. Barcha zarur yangilanishlar va o’zgartirishlar amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va qonun talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Qonun ruxsat bergan hollarda, so’rovingizni ko’rib chiqish bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun tegishli to’lov olinishi mumkin. Talabnomalarni quyidagi elektron pochta orqali yuborishingiz mumkin: reservation@reikartz.uz Maxfiylikni saqlash maqsadida talabnomaga javob bizda ro’yxatdan o’tgan yoki boshqa tarzda ko’rsatilgan elektron pochta manziliga yuboriladi.
Bundan tashqari, muayyan holatlarda va amaldagi qonunchilikka muvofiq, siz "REIKARTZ U" MChJdan siz haqingizda shaxsiy maʼlumotlarni biznes hamkorlarimizga bermaslikni yoki biz bilan elektron pochta orqali yoki quyida koʻrsatilgan pochta manzili orqali bogʻlanib, siz haqingizdagi shaxsiy maʼlumotlardan foydalanishni toʻxtatishimizni soʻrashingiz mumkin.  Biz amaldagi qonunchilikka muvofiq bunday talabnomalarni qondiramiz.

13. Mas’uliyat

Maxfiy ma’lumotlar oshkor qilingan yoki yo’qolgan taqdirda, agar ushbu ma’lumotlar:
- oshkor etilishi yoki yo’qolishidan oldin ommaviy mulkka aylangan bo’lsa;
- “REIKARTZ U” MChJ tomonidan olinishidan oldin uchinchi shaxsdan olingan bo’lsa;
- mehmonlar, mehmonxonaga tashrif buyuruvchilar, konferentsiya ishtirokchilari va boshqa shaxslarning roziligi bilan oshkor qilingan bo’lsa, buning uchun "REIKARTZ U" MChJ mas’ul emas.

14. Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash

"REIKARTZ U" MChJ sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni, agar ular uzoqroq saqlash muddatini talab qilmasa yoki boshqacha tarzda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilmagan bo’lsa, ushbu Nizom shartlarida belgilangan muddat davomida saqlaydi. Sizning mehmonxonada turishingiz nihoyasiga yetgandan keyin biz ushbu Nizomda ko’rsatilgan maqsadlar uchun to’plangan shaxsiy ma’lumotlaringizni uch yil davomida saqlaymiz.  Boshqa shaxsiy ma’lumotlar, agar buning iloji bo’lsa va qonunga muvofiq ruxsat etilgan bo’lsa, qisqaroq muddatga saqlanadi.
Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni tiklash yoki qayta yaratish imkoniyatisiz imkon qadar tezroq yo’q qilamiz.

Qog’ozdagi shaxsiy ma’lumotlar xavfsiz tarzda, masalan, qog’oz hujjatlarni maydalagichda maydalash, yoqish yoki boshqa usulda yo’q qilinadi va elektron shaklda saqlangan shaxsiy ma’lumotlar keyinchalik qayta tiklash yoki qayta yaratish imkonsizligini kafolatlaydigan texnik vositalar yordamida yo’q qilinadi. 

15. Marketing kommunikatsiyalarini tanlash

Agar siz bizga o’z xohishingizga muvofiq va o’z roziligingiz bilan (zarur bo’lgan hollarda) aloqa o’rnatish to’g’risidagi ma’lumotlaringizni (pochta manzili, elektron pochta manzili yoki telefon raqamingizni) bergan bo’lsangiz, "REIKARTZ U" MChJ mahsulot va xizmatlarimiz haqida sizga ma’lumot berishi yoki sizni elektron pochta, internet reklamasi, ijtimoiy tarmoqlar, WeChat, WhatsApp, Viber, Telegram, telefon orqali, matnli xabarlar (shu jumladan SMS va MMS), push-bildirishnomalar, ichki ogohlantirishlar, pochta orqali, mijozlarni qo’llab-quvvatlash va boshqa vositalar orqali tadbirlarga taklif qilishi mumkin. 

Agar siz bizdan elektron marketing xabarlarini olishni xohlamasangiz, bizdan olingan elektron xatdagi obunani bekor qilish funksiyasidan foydalangan holda istalgan vaqtda obunani bekor qilishingiz mumkin. Obunani bekor qilish talabingizni ko’rib chiqish uchun o’n ish kunigacha vaqt ketishi mumkin. Shuningdek, mehmonxonaga joylashishingiz, mehmonxonada qolishingiz va mehmonxonadan chiqib ketishingiz vaqtida mehmonxonaning roʻyxatdan oʻtish bo’limida matnli xabarlarni olishni rad qilishingiz haqida xabar berishingiz mumkin.  

16. Nizomga kiritilgan o’zgartirishlar

Vaqti-vaqti bilan ushbu Nizomga o’zgartirishlar kiritilishi mumkin. Ushbu Nizomga jiddiy o’zgartirishlar kiritiladigan taqdirda, saytimizning bosh sahifasida yangilangan Nizomga havola paydo bo’ladi va agar siz biron bir mahsulot yoki xizmatlar uchun ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz, tanlangan aloqa usuli orqali sizga xabar keladi. Ushbu Nizomning oxirgi marta yangilangan sanasi ushbu havolada va hujjatning yuqori qismida ko’rsatilgan. Nizomga kiritilgan har qanday o’zgartirishlar uning yangilangan versiyasi veb-saytda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Sizning saytdan, mahsulotlarimizning birortasidan va xizmatlarimizdan foydalanishingiz va/yoki bunday o’zgarishlar kiritilgandan so’ng yangilangan Nizomga roziligingiz, kuchga kirgan yangilangan Nizomni qabul qilganingizni anglatadi.

17. Biz bilan bo’g’lanish

Agar sizda ushbu Nizom boʻyicha yoki “REIKARTZ U” MChJ tomonidan shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanish variantlari boʻyicha savollaringiz boʻlsa, shuningdek, minnatdorchilik bildirmoqchi yoki shikoyat yubormoqchi boʻlsangiz, reservation@reikartz.uz elektron pochta manziliga yuboring. Biz sizga birinchi imkoniyatdayoq javob beramiz. 

18. “REIKARTZ U” MChJ mas’uliyati cheklangan jamiyatining Maxfiylik Nizomiga o’zgartirishlar.

"REIKARTZ U" MChJ mehmonlarimizning shaxsiy ma’lumotlarini qanday to’plashi, ishlatishi, tarqatishi va himoya qilishi haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida yangilangan.

  • 1-ilova qo’shildi: "Yevropa iqtisodiy hududi rezidentlarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga nisbatan qo’llaniladigan qo’shimcha nizomlar".     1-ilovada Yevropa Parlamenti va Aprel kengashining 27 apreldagi {{2016}} 2016/679-sonli (Yevropa Ittifoqi) Farmoniga muvofiq, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va bunday ma’lumotlarga nisbatan erkin harakatlanishda shaxslarni himoya qilish to’g’risidagi, odatda "Evropa Ittifoqining shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish umumiy reglamenti"(GDPR) deb ataladigan batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Asosiy Tarmoq qoidalari Maxfiylik siyosati