Xona kitobi
Turar joy bron qilish

captcha
Kontaktlaringizni ko'rsating

Yangi Reikartz Namangan mehmonxonasining ochilish

Xonalarni bron qilish uchun Telegram boti!

Biz booking saytidagi narxni 10% ga pasaytiramiz

O'zbekiston bo'ylab Reikartz mehmonxonalarida kesh


Cookie siyosati

Siz https://reikartz.uz veb-sayti va boshqa tegishli mobil ilovalar, xizmatlar va vositalardan foydalanish orqali Reikartz Grup Otel Maxfiylik siyosatiga, hamda biz va uchinchi shaxslar tomonidan o’rnatilgan cookie-fayllardan foydalanishga, shuningdek, uning to’g’ri ishlashini ta’minlash uchun saytdagi harakatlarni kuzatishning boshqa texnologiyalaridan foydalanishga o’z roziligingizni bildirasiz. Xususan, biz siz bilan Internetda o’zaro aloqani yaxshilash va sizga qilinadigan marketing va xizmat ko’rsatish murojaatlarini boshqarish maqsadida saytdan foydalanish to’g’risidagi umumiy ma’lumotlarni to’plashimiz mumkin. Biz ishlatadigan cookie-fayllardan ba’zilarini o’chirib qo’yishingiz mumkin, ammo bu veb-saytimizdan (mobil ilovadan) foydalanish imkoniyatiga va uning to’g’ri ishlashiga ta’sir qilishi mumkin.

e-Privacy Directive elektron aloqa sektoridagi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va maxfiylikni himoya qilishga aloqador (General Data Protection Regulation, GDPR) ЕИ 2016/679-sonli qarori bilan qabul qilingan Ma’lumotlarni himoya qilish bo’yicha Bosh reglament talablarini bajarishimizda cookie-fayllardan foydalanish va ularni qurilmalaringizga oʻrnatish uchun bizga sizning roziligingiz kerak.

Cookie fayllariga aloqador ushbu Siyosatda biz foydalanadigan cookie-fayllari va ulardan foydalanish maqsadlari haqida kerakli ma’lumotlar berilgan.

Cookie fayli nima o’zi?

Cookie fayli - bu veb-saytdan foydalanganingizda yaratiladigan va brauzerda yoki siz kirgan qurilmada ma’lumot saqlaydigan kichik o’lchamli fayl.

Qurilmangizda saqlangan cookie fayllari muayan foydalanuvchini emas, balki siz foydalanadigan kompyuter yoki mobil qurilmani tasodifiy ravishda hosil bo’ladigan identifikatsiya teglari yordamida aniqlaydi.

Cookie-fayllar haqida batafsil ma’lumotni ushbu veb-saytlarda topishingiz mumkin:

Cookie-fayllardan nima uchun foydalanamiz?
Veb-saytimiz imkoniyatlaridan yanada samaraliroq foydalanishingiz uchun kompyuteringiz yoki mobil qurilmangiz cookie-fayllarni quyidagi maqsadlar uchun qabul qilishi kerak:

  • Bizning veb-saytimizda mehmonxonada yashash yoki boshqa xizmatni bron qilish jarayonini ta’minlash uchun.
  • Bizning veb-saytimizda va elektron pochta xabarnomalarimizda sizga nima yoqqaniyu, nima yoqmaganini tushunishimizga yordam beradigan ma’lumot olish uchun. Bu keyingi tashriflaringizda sizga yanada ko’proq shaxsiylashtirilgan variantlarni va yanada ko’proq mos keladigan ma’lumotlarni tavsiya etishimizga yordam beradi.
  • Saytimizni keyinchalik sizning xohish-istagingizga yanada moslashtira olishimizda siz tanlagan til va mamlakat parametrlari, oxirgi marta qidirgan mehmonxonangiz kabi maʼlumotlarni saqlash uchun.
  • Veb-saytimizning (mobil ilovamizning) samaradorligini, shu jumladan joylashtirilgan marketing ma’lumotlarini baholash uchun.

Qaysi identifikatsiya ma’lumotlaringiz cookie fayllarni o’z ichiga oladi?

Standart cookie fayli foydalanuvchini emas, balki sizning veb-brauzeringizni aniqlashtiradigan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Ushbu cookie fayli sizning sozlamalaringizni, sayt sahifalaridagi navigatsiya tarixini eslab qoladi, foydalanuvchi ishini optimallashtiradi, siz o’rnatgan parametrlarni saqlaydi.

Biz foydalanadigan cookie-fayllarning ba’zilari hatto sizning shaxsingizni aniqlashtirish imkonini beruvchi batafsilroq ma’lumotlarni saqlashi mumkin va ko’proq miqdordagi shaxsiy ma’lumotlaringizni o’z ichiga olishi mumkin.

Biroq, sizning shaxsingizni aniqlashtiradigan qo’shimcha ma’lumotlar faqat shaxsan siz tomondan kiritilishi va bunga sizning shaxsan roziligingiz tasdiqlangan holatdagina bizga ongli ravishda  berilishi mumkin.

Cookie fayllari toifalari va ularni boshqarish
Veb-saytimizning cookie fayllari tasnifi Xalqaro Savdo Palatasining cookie fayllar bo‘yicha ko‘rsat malariga asoslanadi.

1. QAT’IYAN ZARUR (STRICTLY NECESSARY) 
Veb-saytdan to’g’ri foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun "qat’iyan zarur" cookie fayllari majburiy va zarur hisoblanadi. Ular quyidagi maqsadlarda ham qo’llaniladi:

  • sayt bo’ylab erkin harakatlanish;
  • xuddi o’sha seansdagi sahifaga qaytishda oldingi harakatlarni eslab qolish;
  • Web-resursning himoyalangan hududlariga foydalanuvchining xavfsiz kirishi va uning to’liq funksionalligidan foydalanish;
  • Web-resurs ilovalari bilan o’zaro aloqa va uning barcha xizmatlari bo’ylab navigatsiya qilish qulayligi;
  • xona bronini rasmiylashtirish.

Ushbu toifadagi cookie fayllari siz haqingizda hech qanday shaxsiy ma’lumot to’plamaydi. Ular vaqtinchalik bo’lib, veb-brauzerdan foydalanishni to’xtatganingiz zahoti darhol o’chiriladi.

2. ANALITIK (PERFORMANCE)
Analitik cookie-fayllar anonim tarzda statistik ma’lumotlarni to’plash, veb-sayt ish faoliyatini, xizmatlarimiz sifatini tahlil qilish uchun ishlatiladi. Bularga quyidagilar kiradi:

  • Veb-tahlil. Barqaror va ishonchli xizmat ko’rsatishni ta’minlash maqsadida veb-sayt trafigini kuzatish;
  • Hamkorlikni kuzatish. Hamkorlarga tashrif buyuruvchilarimizdan biri ularning veb-saytiga ham tashrif buyurganligi haqida anonim xabar yuborish uchun ko’zda tutilgan.
  • Xatoliklar bilan ishlash. Yuzaga keladigan har qanday xatoliklar va ularning sabablarini aniqlash orqali veb-saytni yaxshilashga bizga yordam berish uchun zarur;
  • Kuzatish texnologiyalari. Firibgarlik faoliyatining va xavfsizlik buzilishining oldini olish uchun zarur;
  • Ishlanmalarni sinovdan o’tkazish. Veb-saytimizda ishlatiladigan ishlanmalarni tekshirish uchun zarur;
  • Marketing ma’lumotlariga javob qaytarish statistikasi. Bizning marketing ma’lumotlarimiz qanchalik samarali ekanligini tahlil qilish uchun ishlatiladi.

Samaradorlik to’g’risidagi ma’lumotlarni kuzatish uchun Google Analytics-dan foydalanamiz. Bu Google, Inc-ning uchinchi tomon provayderi taqdim etayotgan tahlil qilish veb-xizmatidir. Veb-saytdan foydalanish to’g’risidagi maʼlumot Google Privacy Shield maxfiylik sertifikati va Google bilan tuzilgan maʼlumotlarni qayta ishlashning alohida shartnomasi orqali tartibga solinadi.

3. FUNKSIONALLIK (FUNCTIONALITY)

"Funksional" cookie-fayllar doimiy sanalib, ular mijozning tegishli xohishiga ko’ra veb-saytimiz tarkibini shaxsiylashtirishga imkon beradi va shu bilan sizga quyidagi imkoniyatlarga yo’l ochib beradi:

  • sizga ismingiz orqali murojaat qilish;
  • mintaqaviy va til parametrlari afzalliklaridan foydalanish;
  • Sizning qurilmalaringizni tanib olish va avtorizatsiya haqiqiyligini tekshirishni amalga oshirish;
  • Sizning joylashuv o’rningizni aniqlash uchun jo’g’rofiy jihatdan bo’g’langan vositalardan foydalanishga ko’maklashish;
  • xonani bron qilishda tanlangan mehmonxonadan foydalanish.

Ushbu toifadagi cookie-fayllar veb-saytdan foydalanish jarayonida sizning harakatlaringizni tahlil qilishni amalga oshiradi va mijozlarning shaxsiy identifikatsiyaning shaxsiylashtirilgan ma’lumotlarini o’z ichiga olmaydi.

4. MARKETINGLI (TARGETED ADVERTISING)

“Marketing” cookie-fayllari kontentni yetkazib berish, ilova, reklama yoki kontent bilan qanday munosabatda bo’lishingiz asosida saytimiz va uchinchi tomon saytlarida sizning qiziqishlaringizga mos keladigan maqsadli reklamalarni bizning nomimizdan yetkazib berish uchun kuzatish texnologiyasi orqali uchinchi tomonlar bilan o’zaro munosabat o’rnatishga mo’ljallangan.

Bu quyidagilarga imkon beradi:

  • marketing harakatlarining muvofiqlashuvi va shaxsiylashuvini yaxshilash;
  • marketing harakatining takrorlanishi yoki reklama e’lonlari namoyishi sonini cheklash;
  • mijozlarga xizmat ko’rsatish sifati bo’yicha so’rovlar o’tkazish;
  • marketing/reklama kampaniyalarining samaradorligini baholash.

Ushbu toifadagi cookie fayllari uchinchi shaxslar boshqaruvi ostida bo’ladi.

Biz sizning ma’lumotlaringiz maxfiyligining himoyasiga o’ta jiddiy yondashamiz, shuning uchun zarurat bo’lmasa, sizni shaxsingizni aniqlashtirishga yordam berishqa qodir cookie-fayllarga hech qanday ma’lumot biriktirmaymiz.
Siz veb-brauzeringizni shaxsiy parametrlarga mos ravishda sozlash orqali cookie-fayllarni qabul qilishni rad etishingiz, ulardan foydalanishni cheklashingiz yoki umuman o’chirib tashlashingiz mumkin.

E’tibor bering! Shaxsiylashtirilgan veb-brauzer sozlamalaridan foydalanish saytning ba’zi bo’limlariga kirishda cheklovlar bo’lishiga yoki uning to’liq ishlamasligiga olib kelishi mumkin, shuningdek, bu qurilmangizni aniqlash va tegishli ma’lumotlarni yig’ishga to’sqinlik qiladi, shuning uchun:

  • sizning xatti-harakat reklamasini rad qilganingiz haqida xabardor bo’lmaymiz. Shu sababdan, boshqa saytlarga kirganingizda uchinchi shaxslarning bannerlari yana paydo bo’la boshlaydi;
  • Maxfiylik siyosatimizga rozi ekanligingiz haqida avtomatik ravishda xabardor qilinmaymiz.
  • Cookie fayllariga nisbatan yurgizilayotgan siyosat hamda boshqa qoidalar va shartlarga roziligingiz haqida xabardor bo’lmaymiz, shuning uchun har safar saytga tashrif buyurganingizda tasdiqlash so’rovlari yana paydo bo’laveradi.

Shuningdek, siz ushbu veb-saytlarga kirib, shaxsiylashtirilgan sozlamalarni o’rnatish orqali qiziqishlaringizga ko’proq mos keladigan reklama e’lonlarini boshqaradigan uchinchi tomon reklama beruvchilarining onlayn xatti-harakat reklamasidan foydalanishni rad qilishingiz mumkin:

Siz veb-brauzeringizda individual sozlamalarni o’rnatish, shuningdek, veb-brauzeringizdan cookie-fayllarni o’chirish orqali cookie-fayllardan foydalanishga bergan roziligingizni bekor qilishingiz mumkin.

Boshqa kuzatish texnologiyalari

Ijtimoiy tarmoqlarga o’tish tugmalari mijozlarimizga veb-sahifaga o’tish havolasi bilan bo’lishish yoki elektron xatcho’p qo’yish uchun ishlatiladi. Ushbu tugmalar uchinchi shaxslarga tegishli ijtimoiy tarmoqlarning veb-saytlariga o’tish havolalari bo’lib, ular o’z navbatida Internetdagi, shu jumladan ushbu veb-saytdagi faoliyatingiz haqidagi ma’lumotlarni yozib olishi mumkin. Iltimos, bunday saytlarning maʼlumotlaringizdan qay tarzda foydalanishi va ularning maʼlumotlaringizdan foydalanishini qanday qilib rad etish va oʻchirib tashlashingiz mumkinligini tushunish uchun ularning tegishli foydalanish shartlari va maxfiylik siyosati bilan tanishib chiqing. 

Uchinchi tomon veb-xizmatlari. Biz ba’zan veb-saytimizda tasvirlarni ko’rsatish, videolarni tomosha qilish yoki ovoz berish/so’rovlarni tashkil qilish uchun uchinchi tomon veb-xizmatlaridan foydalanamiz. Ijtimoiy tarmoqqa o’tish tugmalaridagi kabi, biz ushbu saytlar yoki tashqi domenlarning sayt tarkibidan qanday foydalanganingiz haqidagi ma’lumotlaringizni to’plashiga to’sqinlik qila olmaymiz.

Asosiy Tarmoq qoidalari Cookie siyosati