
Shaxsiy kabinetga kirish
Parolni qayta o'rnatish
Ro'yhatdan O'tish
REIKARTZ TOSHKENTDA 4* MEHMONXONA OCHADI
Turkiyadagi birinchi mehmonxonamizni taqdim etamiz
Reikartz Amar mehmonxonasiga bepul transfer
Yangi 3* mehmonxona ochildi - Reikartz Amar
Reikartz Amirun Toshkent transferni sovg’a qiladi
Samarqand shahrida xalqaro tarmog‘iga qo‘shilgan Reikartz Amar nomli yangi zamonaviy 3* mehmonxona foydalanishga topshirildi.
Mehmonxona inshooti shahar markazidagi – Orzu Mahmudov ko‘chasidagi “gastronomik Brodvey”da qurilgan. Bino xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan va biznes mehmonxona uchun barcha zamonaviy mezonlarga javob beradi.
Xonalar soni 21 ta bo‘lib “Standart” va “Biznes” toifalaridagi qulay xonalarni o‘z ichiga oladi, ularning har biri nafaqat ergonomik mebellar, balki zamonaviy texnologiyalar bilan ham to‘liq jihozlangan. Mehmonlar uchun uchrashuv maydonida Samarqanddagi eng katta “Ipak yoʻli” mavzusidagi pannolardan biri oʻrnatilgan boʻlib, uning maydoni 50 m² dan ortiq. Mehmonxona hududida yozgi maydonchali obodonlashtirilgan hovli mavjud.
Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehmonxona binosida shahar mehmonlari va mahalliy aholi uchun kontseptual ovqatlanish shoxobchasini ochish rejalashtirilgan.
Kompaniya haqida
Reikartz Grup Otel - bosh kompaniyasi Turkiya Respublikasida ro'yxatdan o'tgan xalqaro mehmonxonalar tarmog'i. O‘zbekiston, Ukraina, Gruziya, Qozog‘iston, Shvetsiya va Germaniyadagi 80 dan ortiq mehmonxona obyektlarini birlashtirgan.