
Shaxsiy kabinetga kirish
Parolni qayta o'rnatish
Ro'yhatdan O'tish
Noyob shartlar asosida shartnoma tuzing
Reikartz O'zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi
2022-yil 13-iyun kuni Reikartz Grup Otel va Registon mehmonxonasi egasi o‘rtasida tantanali marosimda mehmonxona obyektini professional boshqarish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Tez orada mehmonxona tarmoqqa kiradi va Reikartz Registon Samarqand nomi ostida ishlashda davom etadi.
Mehmonxona eski shaharning markazida, Registon maydonidan 2 km va mashhur Bibixonim masjididan 3 km uzoqlikda joylashgan. Mehmonlar uchun 66 ta yorug‘ shinam xona, restoran, konferensiya zali va yozgi basseynli hovli mavjud.
Reikartz O‘zbekiston bozoriga keng ko‘lamli kirib kelmoqda va hozirda bir vaqtning o‘zida bir nechta shaharlarda mehmonxona ob’ektlarini qabul qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bugungi kunga qadar bir qator mehmonxonalar bilan shartnomalari imzolangan va birlamchi auditlar o‘tkazilgan.
Reikartz Grup Otel - bosh kompaniyasi Turkiya Respublikasida ro'yxatdan o'tgan xalqaro mehmonxonalar tarmog'i. O‘zbekiston, Ukraina, Gruziya, Qozog‘iston, Shvetsiya va Germaniyadagi 70 dan ortiq mehmonxona obyektlarini birlashtirgan.