
Shaxsiy kabinetga kirish
Parolni qayta o'rnatish
Ro'yhatdan O'tish
Reikartz Residence - Xivadagi zamonaviy mehmonxona bo'lib, shaharning eng markazida joylashgan. 60 dan ortiq qadimiy meʼmoriy obʼyektlar, jumladan, YUNESKOning Butunjahon merosi obʼyekti – Ichan Qalʼa qalʼasi piyoda masofada joylashgan.
XIZMATLAR
Mehmonxona o'z mehmonlariga "Standart Twin", "Standart Double", "Superior Twin", "Superior Double" va " Аpartment " toifalaridagi 3* darajadagi yorug' xonalarni taklif etadi. Shuningdek, mehmonxonada nonushta restorani, lobbi bar, mavsumiy basseynli hovli, biznes tadbirlari uchun ko'p funksiyali konferentsiya zali, sport zali, bagaj saqlash va shaxsiy avtomobilda kelgan mehmonlar uchun to'xtash joyi mavjud. Mehmonlarni qabul qilish har kuni va kechayu kunduz amalga oshiriladi. Mehmonxona oilaviy dam olish uchun ham, ish safari uchun ham mos keladi.
Hurmatli mehmonlar! Sizning e'tiboringizni sizga mos keladigan tarifni tanlash zarurligiga qaratamiz: rezidentlar yoki norezidentlar uchun. Batafsil. Tarif «Mavjudligini tekshirish» tugmasini bosishdan oldin mehmon tanlagan toifasiga mos kelishi kerak
Xona narxiga quyidagilar kiradi: turar joy, "shved stoli" nonushtasi, Wi-Fi, soliqlar (turistik yig'imdan tashqari). 01.01.2023 yildan Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari uchun turistik yig'im stavkalari belgilandi.
5 yoshgacha bo'lgan bolalar ota-onalari bilan bitta xonada bepul qolishlari mumkin, so'rov bo'yicha bolalarga mo'ljallangan yotoq taqtim etiladi. Xonada 6 yoshdan katta bolalar va kattalarni qo‘shimcha karavotga joylashtirish narxi aholi uchun 90 000 so‘m, norezidentlar uchun 130 000 so‘m.